Ilon Mask million kishini Marsga yubormoqchi
SpaceX kompaniyasi dastlab Oyda baza qurishni rejalashtirmoqda.

Amerikalik milliarder Ilon Mask kelajakdagi rejalari haqida gapirib, Oyning o‘zlashtirilishi va 2050 yilda Marsga million kishi yuborilishi maʼlum qildi.
Maskning aytishicha, takror muvaffaqiyatsizliklarga uchragan Starship kemasi kelgusi yili to‘liq tayyor bo‘ladi. Biroq bu kema odamlarni o‘zga sayyoralarga olib uchmaydi. Yerliklar Marsga Starship kemasining uchinchi iteratsiyasi (avlodi) bilan parvoz qiladi. Ammo buning uchun juda ko‘p mehnat va izlanishlar talab etiladi.
«Boshlanishiga sayyoralararo, keyin yulduzlararo turga aylana olsak, bizning sivilizatsiyamiz million yillar barhayot bo‘ladi. Aks holda — bir necha yuz yil», — taʼkidladi Ilon Mask.







