Jahon

Zelenskiy AQSHdan kreditga qurol olmoqchi

U, shuningdek, Fransiyaning harbiy yordamini qo‘llab-quvvatladi.

Zelenskiy AQSHdan kreditga qurol olmoqchi

Vladimir Zelenskiy Ukraina telekanaliga bergan intervyusida AQSH harbiy yordamini “o‘ta muhim” deb atadi va Oliy Radani imkon qadar tezroq safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga chaqirdi.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Kiyevga kreditga harbiy yordam taklif qilsa, prezident buni darhol qabul qiladi.

 

“Bu yerda tanlov yo‘q, qanchalik tezroq bo‘lsa, shuncha yaxshi”, degan u.

 

Ukraina prezidenti, shuningdek, KIevda Ukrainani to‘liq himoya qilish uchun 25 ta Patriot havo mudofaa tizimi yetishmasligini aytdi. Aynan Patriot so‘nggi haftalarda Rossiyaning ommaviy hujumlari oldida Ukrainaning energiya tizimini himoya qilishga yordam beradi.

 

Bundan tashqari, Zelenskiy Emmanuel Makronning Fransiya armiyasini Ukrainaga jalb qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik harbiy xizmatchilar ikki yo‘nalishda foydali bo‘lishi mumkin: Ukraina armiyasini tayyorlash va shikastlangan G‘arb harbiy texnikasini taʼmirlash.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Zelenskiy AQSHdan kreditga qurol olmoqchi | Zamon.uz