O'zbekiston

Fuqaro hushyorxonada vafot etdi

Prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlagan.

Fuqaro hushyorxonada vafot etdi

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilgan.

 

Ombudsmanga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

 

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va marhumni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda marhumni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

 

Marhum I.U 2024 yil 8 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:45larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjarasiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

 

Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi «bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi» oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida «bo‘yin qismidagi strongulatsion egat»dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

 

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Shu kuniyoq Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari va yaqinlari bilan suhbatlashgan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.