Jahon

YI Ukrainaga 167 ta generator yubordi

Ayni paytda mamlakatda energetika infratuzilmasiga hujumlar kuchaygan.

YI Ukrainaga 167 ta generator yubordi

Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumlar kuchaygan bir paytda Yevropa Ittifoqi zudlik bilan yordam ko‘rsatdi. Yevrokomissiya matbuot xizmatining xabar berishicha, generatorlar allaqachon mamlakatga jo‘natilgan.

 

Ukrainaga yuborilgan 167 ta elektr generatoridan 10 tasi 1 MVt quvvatga ega. Bryusselga ko‘ra, ularning har biri favqulodda vaziyatlarda o‘rtacha kattalikdagi kasalxonani elektr energiyasi bilan taʼminlashi mumkin.

 

Avvalroq Ukraina Energetika vaziri German Galuщyenko Rossiyaning so‘nggi hujumlari natijasida Ukrainadagi issiqlik elektr stansiyalarining qariyb 80 foizi va gidroelektr stansiyalarining yarmidan ko‘pi zarar ko‘rgani haqida maʼlum qilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"