Baxtiyor Saidov Lukashenko bilan uchrashdi
Uchrashuv Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan.

Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Minskda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz. Belarus rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz kun tartibining barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi", deb yozdi vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.







