Tramp dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan chiqdi
Hozirda uning boyligi 4,6 milliard dollarni tashkil etmoqda.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Bloomberg Billionaires Index (BBI) talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy 500 kishisi ro‘yxatidan chiqib ketdi.
Sobiq prezident kapitalining kamayishiga uning ijtimoiy tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniyaning muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lishi mumkin. Kompaniya aksiyalari qiymatining 8,57 foizini yo‘qotdi.
Trampning boyligi 4,6 milliard dollarni tashkil etdi va reytingga kirish uchun chegara 5,76 milliard dollarni tashkil qildi.







