Isroil Rafaqdagi operatsiyani kechiktirdi
Bunga Eron hujumi sabab bo‘lgan.

Isroil Eron hujumiga javob choralariga tayyorlanib, Rafahda quruqlikdagi operatsiyani boshlash rejalarini keyinga qoldirdi. Bu haqda CNN telekanalida xabar berildi.
Telekanalning ikki manbaga tayanib xabar berishicha, Isroil shu haftada G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiyani boshlashni rejalashtirgan edi, biroq Eronning hujumiga javob choralarini ko‘rib chiqish tufayli, mazkur rejani to‘xtatib qo‘ydi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Rafahdagi operatsiyani boshlash sanasi allaqachon kelishib olingani haqida eʼlon qilgan edi.







