O'zbekiston

Korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish kuchaytiriladi

Bu bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish kuchaytiriladi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Qonun bilan xabar beruvchiga quyidagilar kafolatlanmoqda:

  • hayoti, sog‘lig‘i, shaxsiy va ishchanlik obro‘si hamda mol-mulkining himoya qilinishi;

  • shaxsiga oid ma’lumotlar yoki boshqa sir tutilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligi;

  • zarur huquqiy yordam bilan ta’minlanishi;

  • xabar beruvchidan qasd olishga qaratilgan harakatlar, shu jumladan uni noqonuniy ta’qib qilish va jazolashga yo‘l qo‘ymaslik;

  • xabar berganligi tufayli ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish va boshqa shakllarda ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligining ta’minlashishi, mehnat qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno.

 

Ushbu qonun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko‘maklashuvchi shaxslarni himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.

 

Xabar beruvchi o‘z tanloviga ko‘ra korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida ish beruvchiga yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasiga yoxud Agentlik, davlat tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

  • xabarni markazlashtirilgan ro‘yxatga olish va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi markazlashtirilgan elektron tizimini yaratadi;

  • xabar beruvchini himoya qilish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlanganda, qonunbuzilishi sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoit va sabablarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarga tegishli intizomiy choralar qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat tashkilotiga taqdimnoma kiritadi, v.b.

 

Ish beruvchining majburiyatlari:

  • xabar beruvchiga nisbatan asossiz intizomiy jazo qo‘llanishi, ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish va boshqa shakllarda ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • xabar beruvchining lavozimini o‘zgartirish va unvonining ko‘tarilishini cheklamaslik;

  • xabar beruvchining ish hajmini qayta taqsimlash, o‘tkazish, majburiyatlarni rad etish ishlarini amalga oshirmaslik;

  • xabar beruvchiga ish haqini to‘lashda va rag‘batlantirishda kamsitmaslik;

  • xabar beruvchining ta’lim olishi, malaka oshirishi yoki o‘zining kasbiy rivojlanishi imkoniyatlarini cheklamaslik;

  • xabar beruvchini mavjud axborot yoki tashkilot ixtiyoridagi boshqa moddiy resurslaridan foydalanishini cheklamaslik;

  • xabar beruvchining ish sharoitlariga zarar yetkazmaslik.

 

Xabar beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda rag‘batlantiriladi. Xabar beruvchini himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qaror Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, tergovga qadar tekshiruv organlari, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari, prokuratura organlari va sud tomonidan qabul qilinadi.Ta’qib va zo‘ravonlik holatlari haqida xavfsirash uchun yetarli asoslar bo‘lganida xabar beruvchiga himoya choralarini ta’minlovchi davlat organlari tomonidan himoya orderi beriladi. Xabar beruvchilarning xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ularning hududiy organlari tomonidan ta’minlanadi.

 

Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 2 may sanasiga qadar davom etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish kuchaytiriladi | Zamon.uz