Jahon

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

Bu dunyoda eng ko‘p saylovchi ishtirok etadigan parlament saylovidir.

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

1 iyunda yakunlanadigan mazkur saylov dunyodagi eng uzoq vaqt davom etadigan siyosiy tadbir bo‘ladi va unda bir milliardga yaqin saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

 

Parlament saylovida amaldagi hukmron "Bharatiya janata parti" va unga asosiy muxolif siyosiy kuch bo‘lgan "Hindiston milliy kongressi" partiyasi aʼzolari asosiy raqobat olib boradi.

 

Hindiston parlament demokratiyasi joriy qilingan va dunyoda aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakatdir. Parlamentning quyi palatasi – 543 o‘rinli Lok Sabhaning amaldagi faoliyat muddati 16 iyun kuni tugaydi. Ushbu muddatgacha Lok Sabhaning yangi tarkibi shakllantirilishi va hukumatga keyingi 5 yilda rahbarlik qiladigan Bosh vazir nomi eʼlon qilinishi kerak.

 

28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududlarida ovoz berish jarayoni bir necha bosqichda o‘tadi hamda ovozlarni sanash 4 iyun kuni yakunlanishi zarur. Saylovda 968 million nafarga yaqin saylovchi qatnashadi.

 

Saylov arafasida o‘tkazilgan so‘rovlar amaldagi bosh vazir Narendra Modining "Bharatiya janata parti" partiyasining g‘oliblik uchun imkoniyatlari ko‘pligini taxmin qilmoqda. 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi | Zamon.uz