Isroil Erondagi obyektga raketa hujumi uyushtirdi
Hujum ortidan Eron ayrim aeroportlar faoliyatini chekladi.

Eron OAVlarining yozishicha, Isfahon aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘lgan.
Fars axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash ovozlari Isfahon aeroporti va 8-Harbiy-havo kuchlari bazasi yaqinida eshitilgan.
"Eron havo hujumidan mudofaa kuchlari Isfahon shahri va yana bir qancha provinsiyalar osmonida ish olib bormoqda", — deb yozadi Mehr agentligi.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Tehron, Isfaxon va Sheroz aeroportlari, shuningdek, mamlakat g‘arbi, shimoli-g‘arbi va janubi-g‘arbidagi aeroportlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
CNN'ga ko‘ra, Isroilning zarbasi haqidagi xabarlar ortidan Eron havo hududidagi kamida sakkizta reys o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.








