Rossiya Eronga qiruvchi samolyotlar bermoqchi
Shu orqali Isroilning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Rossiya samolyotlarining Tehronga yetkazib berilishi ehtimoli haqida yozgandi. Shuningdek, Eron S-400 havo mudofaa batareyasini olishi ham xabar qilingan.
Rossiya Federatsiyasi shu orqali Isroilning ehtimoliy javobini kutib, Eron armiyasini kuchaytirmoqda.







