Turkiyada avtobus halokatga uchradi
U mehmonxona ishchilarini olib ketayotgan bo‘lgan.

Antaliya viloyatida mehmonxona xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 19 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda TRT Haber telekanali mahalliy hokimiyatga tayanib.
Jurnalistlarning aytishicha, 20 aprel kuni ertalab soat 7:15 da Serik shahrida korporativ avtobus yo‘l panjarasiga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.
OAV xabariga ko‘ra, qurbonlarning barchasi Turkiya fuqarolari. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan, biroq yaradorlarning bir qismi kasalxonaga yotqizishni talab qilgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning barcha holatlari va aniq sabablarini aniqlamoqda. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, YTHga taksi haydovchisi aybdor. U tezlikni meʼyoridan oshirib, yomg‘irdan keyin sirpanchiq yo‘lda keskin manevr qilib, mikroavtobus harakatiga xalaqit bergan.







