O'zbekiston

Namanganda ko‘chaga chiqindi tashlaganlar jazolandi

Huquqbuzarlik kamera orqali qayd etilgan.

Namanganda ko‘chaga chiqindi tashlaganlar jazolandi

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Namangan viloyatida o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq bir qancha huquqbuzarliklarga chora ko‘rildi.

 

Xususan, Namangan shahri “Ilg‘or” MFY hududida huquqbuzar tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlangani aniqlandi. Unga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

Shuningdek, Namangan shahri “Ilg‘or” MFY, “Sardoba” MFY, " Isfarhon" MFY, “Haqiqat” MFY hududlarida ham fuqarolar tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlangani maʼlum bo‘ldi. Huquqbuzarlar aniqlanib, ularga nisbatan MJtK 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzarga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima tayinlandi.

 

Maʼlumot uchun, onlayn kuzatuv kameralarini respublikaning barcha hududlarida o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu kameralar nafaqat noqonuniy chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlashga va o‘z vaqtida chora ko‘rishga imkon beradi.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

Ular zararli APK fayllari va fishing havolalari orqali fuqarolarning shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.