Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi
Voqea parad mashqlari vaqtida yuz bergan.

Favqulodda holat Lumut shahrida Malayziya Qirollik dengiz flotining 90 yilligi sharafiga o‘quv-mashq parvozi chog‘ida sodir bo‘lgan. AgustaWestland AW139 va Eurocopter Fennec vertolyotlari manevr paytida to‘qnashdi va yerga quladi.
Vertolyotlar mahalliy stadion hududiga, Harbiy-dengiz kuchlari sport majmuasi suzish havzasining ikkinchi qismiga qulagan.







