Putin Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi
Ular mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Xususan, ikki davlat o‘rtasida “hamkorlikning ko‘plab qiziqarli yo‘nalishlari” bor, deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.
“Boku mintaqadagi xavfsizlik masalalari Moskva ishtirokida hal etilayotganidan mamnun. Rossiya Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik va kengroq geografiya nuqtai nazaridan fundamental davlat”, dedi Aliyev







