Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi
Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari pora olishda gumonlanlanmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasining xabar berishicha, Ivanov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi bilan ayblanmoqda. Mazkur qonunga ko‘ra, unga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Hozircha boshqa tafsilotlar maʼlum qilinmadi.
Timur Ivanov 2016 yildan beri Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ilgari u Mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi “Oboronstroy” AJni boshqargan.
Timur Ivanov, shuningdek, vazirlik tasarrufidagi mol-mulklarni boshqarish, qo‘shinlarni tibbiy vositalar va turar-joy bilan taʼminlash uchun javobgar bo‘lgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Putin va Mudofaa vaziri Shoygu Ivanovning hibsga olinishi haqida oldindan xabardor qilingan.







