O'zbekiston

27-aprel uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti.

27-aprel uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

27-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi  chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida  Toshkent viloyatining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi xavfi bor. 2000 metrdan baland tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi

Bundan tashqari shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovi 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Anomal issiq avtobuslardagi konditsionerlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda — "Toshshahartransxizmat"

"Toshshahartransxizmat" AJ avtobuslardagi sovitish tizimlari yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirib, ayrim avtobuslarda konditsioner mavjud emasligini ma’lum qildi.

custom img

Jizzaxda uch nafar voyaga yetmagan qiz hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

custom img

Buxorodan global maydonga qadar. Mirshod Shakirov qanday qilib mamlakatlar va bizneslar o‘rtasida ko‘prik qurmoqda?

Buxoroda tug‘ilib, Toshkentda tahsil olgan, professional faoliyatining muhim bosqichini Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida boshlagan Mirshod Shakirov global maydonda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklardan.

custom img

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi

U Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.

custom img

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotin 5 yilga qamaldi

Ayblanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolani sotishdan tushadigan mablag‘ qarzlarni yopish va Turkiyaga ishlash uchun ketishga sarflanishi rejalashtirilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda anomal issiq ortga chekinmoqda

Hafta o‘rtalaridan mamlakatning ko‘p qismida kunduzgi harorat 30–35 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"