Jahon

Jazirama sabab ayrim davlatlar maktablarni yopmoqda

Baʼzi hududlarda harorat 42 darajadan oshyapti.

Jazirama sabab ayrim davlatlar maktablarni yopmoqda

Bangladesh hukumati jazirama sabab o‘z hududidagi maktab va kollejlarni 27 aprelgacha vaqtincha yopishni buyurdi. Chunki mamlakatning ayrim nuqtalarida havo harorati 42 darajadan oshmoqda.

 

Bu holat Filippin va Hindistondagi maktablarning vaqtincha yopilishi ortidan davom etmoqda.

 

Payshanba kuni Markaziy ob-havo maʼmuriyati bir oy davomida to‘rtinchi marta jazirama haqida ogohlantirgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Bangladesh iqlim inqirozi taʼsiriga eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi.

 

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi taxmin qilishicha, dengiz sathining 30-45 santimetrga ko‘tarilishi 35 milliondan ortiq odamni qirg‘oqbo‘yi tumanlaridan, yaʼni, mamlakat umumiy aholisining chorak qismini o‘z joyidan ko‘chirishi mumkin.

 

Chorshanba kuni bangladeshlik minglab musulmonlar yomg‘ir uchun duo so‘rab masjidlar va qishloq dalalarida to‘planishdi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Jazirama sabab ayrim davlatlar maktablarni yopmoqda | Zamon.uz