O'zbekiston

Aliment to‘lashdan qochib yurgan qoraqalpog‘istonlik ayol Toshkentdan topildi

Uning qarzdorlig 50 mln atrofida.

Aliment to‘lashdan qochib yurgan qoraqalpog‘istonlik ayol Toshkentdan topildi

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkent shahridagi choyxonalardan biridan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov maʼlum qildi.

 

Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud buyrug‘iga asosan ayol kishi bo‘lgan qarzdor R.G.dan to‘rt nafar farzandi taʼminoti uchun qaynonasi A.R foydasiga aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor aliment pullarini to‘lashdan qochib yurgani oqibatida uning qarzdorligi 47 mln so‘mdan oshib ketgan.

 

Shu sababli unga nisbatan Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qarzdor R.G. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi choyxonalarning biridan topilgan. 

 

Shu munosabat bilan qarzdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudiga yuborilgan.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"