O'zbekiston

Toshkentda uy sotishni aytib, odamlarni chuv tushirganlar qidirilmoqda

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda uy sotishni aytib, odamlarni chuv tushirganlar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirganligi, biroq MCHJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977 yilda tug‘ilgan Sharipov Obid Aripovich «MAX-HOUSE-GROUP» MCHJni tashkil qilib, o‘zining sheriklari Osimov Axtam Axmadovich va Samandarov Azizbek Alijonovichlar bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan.

 

Jumladan, O.Sharipov MCHJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishligini maʼlum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan. Vaholanki, ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmasdan, kadastr hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadonlarni fuqarolarga sotishligini bildirib, aldov yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida A.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Gumonlanuvchilar A.Samandarov va A.Osimovlar tergovdan qochib yashiringanligi sababli ular qidiruvga berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.