Xitoyda kuchli tornado yuz berdi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Guanchjou shahri hududiga diametri besh santimetrdan ortiq do‘l yog‘di. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
“27-aprel kuni tushdan keyin konvektiv bulutlar taʼsirida Guanchjou hududida kuchli tornado yuz berdi va diametri besh santimetrdan ortiq bo‘lgan katta do‘l yog‘di”, — deyiladi agentlik xabarida.
Xitoy markaziy televideniyesi Guanchjou shahrida sodir bo‘lgan tornado tufayli 5 kishi halok bo‘lgani va 33 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.







