O'zbekiston

Prezident geologiya sohasidagi rejalar bilan tanishdi

Davlat rahbari qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasini topshirdi.

Prezident geologiya sohasidagi rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

O‘zbekistonda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi.

 

Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, mamlakatda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor.

 

Shu bois 15 yanvar kuni o‘tgan taqdimotda davlat rahbari bu yo‘nalishdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bugungi yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar, reja va takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Bugun jahonda texnologik vaziyat tez o‘zgaryapti. Elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoatida kamyob metallarga talab tobora ortib bormoqda. Shuning uchun so‘nggi yillarda jahon bozorida molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan.

 

Prezident bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Hozirda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari O‘zbekistonda bo‘lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo‘nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin.

 

Yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo‘yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi.

 

Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo‘nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, yetakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.

 

Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Mutasaddilar oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi.

 

Prezident kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"