Urush boshidan beri Rossiya 450 ming harbiysini yo‘qotdi
Bu haqda Buyuk Britaniya Qurolli kuchlar vaziri maʼlum qildi.

Leo Dokertining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan beri Ukrainadagi urushda o‘n minglab rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan va bu raqamlar faqat rus armiyasining rasmiy xizmatchilarini o‘z ichiga oladi.
Urushda o‘lgan va yaralangan yollanma askarlar soni bo‘yicha esa hech qanday rasmiy maʼlumotlar eʼlon qilinmagan.
Bundan tashqari, urush boshlanganidan beri Rossiya Federatsiyasi o‘n mingdan ortiq zirhli texnikasini, shu jumladan 109 ta samolyot, 136 ta vertolyot va 23 ta kemasini yo‘qotgan.







