Rossiya Ukrainaga yirik hujum rejalashtirmoqda
U may oyida amalga oshirilishi mumkin.

Rossiya may oyining oxirida Ukrainaga yirik hujumni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Manba sifatida Ukraina razvedkasining yuqori martabali ikki amaldori keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya armiyasi qurolli operatsiyadan oldin Xarkov va boshqa strategik muhim shaharlarga zarba berishi mumkin. Xarkovga 20-40 ming askar ishtirokidagi hujum ehtimoli bashorat qilingan.
"Bunday yirik hujum bizni shimoliy yoki sharqiy frontni himoya qilish o‘rtasida tanlashga majbur qilishi mumkin. Ikkalasini ham birday himoya qilish esa ancha qiyin masala" — deya tushuntiradi nashr suhbatdoshi.







