Jahon

Xitoyda yer o‘pirilib tushdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Xitoyda yer o‘pirilib tushdi

Bugun, 1-may kuni Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida joylashgan Maida avtomagistralining bir qismida yer o‘pirilib tushdi.

 

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, 18 ta mashina shikastlangan, 31 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Kamida 19 kishi halok bo‘lgan.

 

Meychjou shahri hukumatining aniqlik kiritishicha, hodisa tungi soat 2:10 da Meychjou shahridagi yo‘lning bir qismida sodir bo‘lgan. Hozirda yo‘l yopilgan, qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"