O'zbekiston

Toshkentdagi Usmon musʼhafi konservatsiya va restavratsiya qilinadi

Usmon musʼhafi Qurʼoni karimning bugungacha saqlanib qolgan eng qadimiy qo‘lyozmasidir.

Toshkentdagi Usmon musʼhafi konservatsiya va restavratsiya qilinadi

Usmon musʼhafi (Toshkent Qurʼoni) VII asrda hijoz xatida yozilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey kutubxonasida saqlanadi.

 

1997 yilda YUNESKO uni «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritgan.

 

O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga binoan mazkur muqaddas kitobni konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan.

 

Loyihada xorijlik mutaxassislar, jumladan Kembrij universitetidan Kristine Rose, Fransiyalik restavratorlar Axelle Deleau va Coralie Barbe, shuningdek, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar ishtirok etmoqda.

 

 

Ular har bir sahifani sinchiklab ko‘zdan kechirib, bosqichma-bosqich taʼmirlash rejasini ishlab chiqadilar hamda kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni beradilar.

 

Konservatsiya va restavratsiya ishlari Usmon musʼhafini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga xizmat qiladi.

 

Ushbu ezgu amal O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining qo‘llab-quvvatlovi va nazorati ostida amalga oshiriladi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"