O'zbekiston

Xorazmda yurist pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga 2 ta modda bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Xorazmda yurist pora bilan qo‘lga tushdi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsulti M.S. “Yu.Q.” fermer xo‘jaligiga qarashli 70 gektar yer maydonini 3 000 AQSH dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o‘tkazib berishni vaʼda qilib, oldindan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro Sh.I. fuqaro Z.J.ga Yuqorichirchiq tumanidagi “S.R.” MCHJ tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan 260 gektar yer maydonini 400 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 40 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

O'zbekistonda Ekologik komissiyaning vakolatlari butun respublika miqyosida kengaytirildi

Komissiyaning nomi “Respublika maxsus komissiyasi” deb o‘zgartirilib, faoliyati 2027-yil 1-martga qadar uzaytirildi.

custom img

Namanganda parrandachilik sohasida 50 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida iqtisodiy rivojlanish, turizm, qishloq xo‘jaligi hamda infratuzilma loyihalarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

custom img

Farg‘onada ota farzandiga 84 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa erkak 18 yoshgacha bo‘lgan aliment majburiyatini oldindan to‘liq bajargan.

custom img

Toshkent tumanida bankdan qarzdor MCHJning fermasi xatlandi

Shundan so‘ng u garov mulki sifatida auksionda sotilib, qarzdorlik bartaraf etilgan.

custom img

Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari masofaviy ishlashga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati keskin yomonlashganda amal qilinadigan harakatlar tartibi ishlab chiqiladi.

custom img

Jizzaxda soliq qarzi sabab mini-stadion xatlandi

Endi u elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilib, sotuvdan tushgan mablag‘lar hisobidan soliq qarzdorligi qoplanadi.

custom img

Nukusda 6000 ta pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Shuningdek, ijro harakatlari davomida 363 ta dori vositalari ham yo‘q qilingan.

custom img

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi

2027-yil 1-oktyabrgacha namlik past bo‘lgan hududlarga sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"