O'zbekiston

4-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Baʼzi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti.

4-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

4-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechqurun baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda  yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, baland tog‘li joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Hafta davomida Toshkentda quruq ob-havo kutilmoqda.

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yong‘indan so‘ng uchta alohida yong‘in o‘chog‘i va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.