Irlandiya muhojirlarni chiqarib yubormoqchi
Bu bo‘yicha qonunlarga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan.

AFP nashrining yozishicha, Irlandiya muhojirlarni Buyuk Britaniyaga chiqarib yuborish uchun qonunlarini o‘zgartiradi.
Bu Buyuk Britaniyadan mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimining ko‘payishi fonida yuz bermoqda. Irlandiya Adliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, boshpana izlovchilarning 80 foizi Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiyada hududidan mamlakatga kirib keladi. Buyuk Britaniyadan farqli o‘laroq, Irlandiya Yevropa Ittifoqi aʼzosi, shu sababli, muhojirlarga qo‘yiladigan talablar mamlakatlarda farqlanadi.
Irlandiya Adliya vaziri Xelen Makenti tomonidan hukumatga taqdim etilishi kutilayotgan yangi qonun loyihasiga Irlandiyada yashash uchun ruxsatnoma ololmagan shaxslarni Buyuk Britaniyaga deportatsiya qilish imkoniyati haqida taklif kiritilishi mumkin.







