G‘azoda keng miqyosli ocharchilik boshlandi
Odamlar kuniga bir martagina ovqatlanishga majbur bo‘lmoqda.

G‘azo sektorida yashovchi ko‘plab falastinlik oilalar kuniga bir marta ovqat bilan qanoatlanishga, haftalar davomida sabzavot yemaslikka va bir necha kishiga bitta ratsionni bo‘lishishga majbur bo‘lmoqda.
Urush boshlanganidan beri hududga kelayotgan yordam yuk mashinalari soni keskin kamaydi. Isroil tomonidan oziq-ovqat taʼminotiga qo‘yilgan qattiq cheklovlar fonida anklavning shimoliy qismida juda og‘ir vaziyat yuzaga kelgan.
BMT vakillari ocharchilikning oldini olish uchun o‘t ochishni to‘xtatish, G‘azoga quruqlik va dengiz yo‘llari orqali yetib boruvchi gumanitar yordam hajmini oshirish zarur ekanini aytmoqda.







