Ukrainada yashirin qurol zavodlari bormi?
Ularning ko‘pchiligi yer ostida joylashgani aytilmoqda.

El Mundo nashri Ukrainada yashirin qurol zavodlari tarmog‘i qurilganini yozmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu zavodlarning joylashuvi o‘ta sirli va ularning baʼzilari yer ostida joylashgan.
Hozir Ukrainani eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa bu zavodlarning Rossiya harbiylaridan qanchalik yashirinligi hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, Yevropada Ukrainani yetarli darajada qurollantirishga imkon beradigan zavodlar yo‘q, shuning uchun Kiyev bunga o‘zi harakat qilmoqda.







