Maradonaning Oltin to‘pi sotuvga qo‘yiladi
U 1986-yili qo‘lga kiritilgandi.

Auksion Fransiyada 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlang‘ich narxi eʼlon qilinmagan. Taʼrifda aytilishicha, sportchi 1986 yilgi Jahon chempionatida eng yaxshi o‘yinchi sifatida mukofot olgan.
“Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, jahon chempionatida g‘alaba qozongan Maradona turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Oltin to‘p kubogini oldi. Aynan futbol tarixining o‘ziga xos asarini sotuvga taqdim etamiz”, - deyiladi auksion uyi saytida.
1986 yilda argentinaliklar finalda Germaniyani 3:2 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lishdi. Umuman olganda, Maradona ushbu turnirda beshta gol urgandi.







