O'zbekiston

Samarqandda ikki qavatli uy qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Fuqaroning o‘zboshimchaligi unga qimmatga tushadigan bo‘ldi. Zamon.uz hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Bosh prokuratura va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan bog‘landi.

Samarqandda ikki qavatli uy qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obyektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni fuqaro Hasan Murodullayev Past Darg‘om tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Samarqand mahallasi, Samarqand ko‘chasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi Toxirjon Begmatov hovlisida do‘kon qurish uchun kotlovan qazigani, quruvchilarga qazish ishlarini to‘xtatishni, aks holda uy qulab tushushini bir necha bor aytib kelganini bildirgan.

 

 

Uy egasi quruvchilar kotlovan qazish ishlarini davom ettirganini va buning oqibatda 14-may kuni soat 19:45 larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 ming AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon etgan. U arizasida fuqaro Tohirjon Begmatovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.  

 

Hozirda holat yuzasidan Past Darg‘om tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Taʼkidlanishicha, jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda axborot berilishi taʼminlanadi.  

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilganligini maʼlum qildi.

 

Fuqaro B.Isroilovga tegishli bo‘lgan Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shahri, “Samarqand” mahallasi, Samarqand  ko‘chasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurilishiga Pastdarg‘om tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining 2024-yil 20-yanvardagi ruxsatnomasi berilgan.

 

Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevralda arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan.

 

 

“MEZANA PROYEKT” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024 yil 4 martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.

 

“MEZANA PROYEKT” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan ko‘rib chiqilib, 2024 yil 26 martda ekspertiza xulosasi olingan.

 

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

 

O‘rganish jarayonida fuqaro B.Isroilov  tomonidan o‘zboshimchalik bilan “MEZANA PROYEKT” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qo‘shni xonadon poydevori ostidagi tuproqning cho‘kishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushganligi aniqlandi.

 

"Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning o‘rganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qo‘shimcha maʼlumot taqdim qilinadi", — deyiladi vazirlik munosabatida.

 

Past Darg‘om tuman hokimligi esa jarohat olganlar yo‘qligini maʼlum qildi.

 

 

Maʼlumot o‘rnida: Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandida mulkni atrofdagilar uchun xavfli usulda qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyati nazarda tutilgan. Bunday qilmish bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravaridan 100 baravarigacha (25,5 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"