O'zbekiston

“Davlat tili nima bo‘ladi?”: Alisher Qodirov bog‘cha va boshlang‘ich sinflarda ta’lim tilini cheklashni taklif qildi

Uning fikricha, davlat tili va milliy qadriyatlar masalasi boshlang‘ich ta’limda alohida e’tiborda bo‘lishi kerak.

“Davlat tili nima bo‘ladi?”: Alisher Qodirov bog‘cha va boshlang‘ich sinflarda ta’lim tilini cheklashni taklif qildi

 

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov o‘zbek millatiga mansub bolalarni bog‘cha va boshlang‘ich sinflarda faqat davlat tilida o‘qitish va tarbiyalash majburiy bo‘lishi kerakligini bildirdi. Boshqa millat vakillari uchun esa ona tilida ta’lim olish imkoniyatini saqlab qolishni taklif qildi.

 

Qodirov maktabga tayyorlashni majburiy qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini, biroq bu jarayon hisobot uchun emas, haqiqiy natijaga erishish maqsadida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.

 

Uning fikricha, oila, bog‘cha va boshlang‘ich maktabni qamrab olgan 12 yoshgacha bo‘lgan davr O‘zbekiston kelajagini belgilaydi. Shu sababli ushbu bosqichda xolis yondashish va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.

 

Qodirov davlat tomonidan bog‘chalarga katta mablag‘ ajratilayotganiga qaramay, bolalarga kim, nimani va qanday o‘rgatayotgani masalasiga ham e’tibor qaratdi. U maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich maktablarda bolalarni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar avlod sifatida tarbiyalash muhimligini qayd etdi.

 

Shuningdek, partiya yetakchisi olti yoshli bolalarni ta’limga qamrab olish masalasida bog‘chaga borgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, bormaganlarini esa maktabga ota-onalari olib kelishi orqali qamrab olish taklifini bildirdi.

 

Qodirov boshlang‘ich sinflarda ta’lim tiliga oid muammoni ham ko‘tardi. Uning ta’kidlashicha, ayrim maktablarda o‘zbek tilidagi sinflarni topish qiyinlashgan, ta’lim tilini tanlash ota-onalarga berilgan bo‘lsa-da, davlat tili va milliy qadriyatlar masalasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Jahon banki O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi: mablag‘ Samarqand tibbiyotiga yo‘naltiriladi

Jahon banki O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi: mablag‘ Samarqand tibbiyotiga yo‘naltiriladi

400 dan ortiq oilaviy poliklinika modernizatsiya qilinadi, 6 400 nafardan ortiq tibbiyot xodimi o‘qitilib, sertifikatlanadi.

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibati: 10 oyda 231 kishi halok bo‘ldi

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibati: 10 oyda 231 kishi halok bo‘ldi

Yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

Layk yig‘ish uchun mashinada tryuklar ko‘rsatdi: 14 yoshli o‘quvchi yo‘l bezoriligini sodir etdi

Layk yig‘ish uchun mashinada tryuklar ko‘rsatdi: 14 yoshli o‘quvchi yo‘l bezoriligini sodir etdi

O‘quvchi otasining Lacetti avtomobilini yashirincha olib chiqib, yo‘lda xavfli tryuklar qilgan.

15 kunda 5 601 ta bayonnoma: avtobuslarda chipta to‘lamaslik holatlari aniqlandi

15 kunda 5 601 ta bayonnoma: avtobuslarda chipta to‘lamaslik holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatiga qatnovchi 18 ta avtobus yo‘nalishida nazorat kuchaytirildi.

10 dan ortiq bola: Uyida noqonuNiy hujra tashkil qilgan shaxs ushlandi

10 dan ortiq bola: Uyida noqonuNiy hujra tashkil qilgan shaxs ushlandi

U bolalarga diniy saboq berib kelgan va har bir bola uchun oyiga 100 dollar olgan.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

18-noyabr tongga yaqin esa asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ayrim ta’lim muassasalari bosh hisobchilari va kadrlar bo‘yicha inspektorlariga mehnat stajiga qarab oylik ustama to‘lanadi.

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda viza tartiblarini yengillashtirish masalasi ham muhokama qilindi.