Ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibati: 10 oyda 231 kishi halok bo‘ldi
Yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularning oqibatida 231 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilgan baxtsiz hodisalarning 38 tasi guruhli, 542 tasi og‘ir oqibatli, 189 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.
Jami 847 nafar fuqaro jabrlangan. Ularning 486 nafari og‘ir, 30 nafari yengil tan jarohati olgan, 231 nafari esa vafot etgan.
Shuningdek, baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga yetkazilgan zarar uchun 16 milliard 637 million so‘m miqdorida bir yo‘la va oylik to‘lovlar undirib berilgan.
Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat xavfsizligi har bir ish joyida ustuvor masala bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.








