O'zbekiston

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Ushbu maskan 2021 yil mukammal taʼmirlanib, sharoitlari yangilandi. Katta-kichik zallar, yozgi kinoteatr va xonalar zamonaviy jihozlandi. Bugun bu yerda jami 3 ming nafar tomoshabinni qabul qilish imkoni mavjud.

 

Davlat rahbari dastlab O‘zbekiston kino sanʼati muzeyini ko‘zdan kechirdi. Muzey 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilgari muzey-arxiv sifatida faoliyat yuritgan. Unda ellik mingdan ortiq tarixiy buyum, libos, rasm va kinotasmalar bor.

 

Endilikda muzey Kinochilar saroyiga ko‘chirilib, ko‘rgazmaga qo‘yildi. Birinchi qavatda o‘zbek kinosining tarixi va asoschilari, so‘nggi yillardagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qavatda tarixiy filmlardagi liboslar, atoqli kinoijodkorlar hayoti va faoliyati aks ettirilgan. Ahamiyatlisi, kino ko‘rish istagida kelgan borki, shu tarix bilan tanishib o‘tadi.

 

Shavkat Mirziyoyev shu yerda rejissyor va aktyorlar, kinoshunoslar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

 

- So‘nggi yillarda milliy kinomiz qayta “uyg‘ondi”, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqori saviyali, zamonaviy sifatli filmlar paydo bo‘ldi. Buning uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, kinematografiyani rivojlantirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak, degan savol meni o‘ylantiradi. Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak, - dedi davlat rahbari. 

 

Muloqotda Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkumidagi filmlar loyihasi taqdimot qilindi.

 

Bu 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi o‘tmishimizdan tortib, yaqin tariximizgacha bo‘lgan juda katta davrni qamrab oladi. Yaratilajak filmlarning mavzusi keng va rang-barang.

 

Jumladan, miloddan avvalgi VI asrda yashagan milliy qahramonimiz Shiroq haqida, milliy davlatchiligimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alp Er To‘nga, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar haqida, shu paytgacha yetarli o‘rganilmagan shayboniylar haqida, qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz va boshqa mashhur adiblar haqida, buyuk allomalarimiz va milliy istiqlol kurashchilari haqida hikoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihada chet ellik hamkorlar, xususan, Ispaniya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlarning kino sanʼati ustalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

– Albatta, bu dastur va g‘oyalarni amalga oshirish uchun ko‘p moddiy imkoniyat talab etilishini, yuzlab isteʼdodli mutaxassislar zarurligini ham barchamiz yaxshi bilamiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz tom maʼnodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal qilamiz. Nega deganda, ushbu dastur shonli o‘tmishimizni chuqur anglab, shu asosda kelajakka ishonch bilan dadil qadam qo‘yishga, yoshlarni chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, Uchinchi Renessansni barpo etishga katta turtki bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Muloqotda kinoijodkorlar mazkur turkum filmlar va sohani rivojlantirish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.