Isroil G‘azoga qo‘shimcha kuchlarni yubordi
Hukumat quruqlik hujumini kengaytirish niyatida.

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qo‘shimcha bo‘linmalarni yubordi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus kuchlar otryadi Rafah sharqida joylashgan 162-diviziyaga qo‘shiladi. Nashr Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumati Rafahga “quruqlik hujumini kengaytirish”ni maʼqullaganidan keyin shunday qaror qabul qilinganiga eʼtibor qaratdi.







