Malayziya Bosh vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Anvar Ibrohimga ulkan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Samarqand bilan tanishuvni buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasi ziyorati bilan boshladi.
Oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur inshootda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.







