Sport

"U meni murabbiy sifatida keyingi bosqichga olib chiqdi"

Gvardiola Kloppning ketishi haqidagi savoldan so'ng yig'lab yubordi

"U meni murabbiy sifatida keyingi bosqichga olib chiqdi"

 

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya premyer-ligasining 38-turi doirasidagi "Vest Hem Yunayted"ga (3:1) qarshi o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida nemis mutaxassisi Yurgen Kloppning "Liverpul"ni tark etishi haqidagi savoldan so'ng yig'lab yubordi.

 

"Men uni juda sog'inaman... Yurgen Klopp hayotimning haqiqatan ham muhim qismi edi. U meni murabbiy sifatida keyingi bosqichga olib chiqdi. Biz bir-birimizni hurmat qilamiz. Uning qaytib kelishini his qilyapman. Men hozirgi g'alabalarga yolg'iz erisha olmasdim”, - dedi Gvardiola.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arne Slot Yurgen Klopp o‘rnini egallashi ma’lum bo‘lgandi. U “Liverpul” bilan 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Xabar qilinishicha, ingliz klubi "Feyenoord"ga shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun tovon puli sifatida 13–15 million yevro to‘laydi.

 

Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” esa mavsum yakuniga ko‘ra APLda 38 o‘yin o‘tkazib, 91 ochko jamg‘ardi. Jamoa ketma-ket to'rtinchi marta Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo'lga kiritib, mamlakat tarixida rekord o'rnatdi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"