Jahon

Hindistondagi ko‘ngilochar maskanda yong‘in yuz berdi

Oqibatda 20 dan ortiq inson halok bo‘lgan.

Hindistondagi ko‘ngilochar maskanda yong‘in yuz berdi

Hindistonning Gujarat shtatidagi avtomat o‘yinlar markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

 

Hodisa oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar orasida to‘qqiz nafar bola ham bor. 

 

Mahalliy politsiya yong‘inga aloqadorlikda gumon qilingan uch kishini, jumladan, o‘yin maydonchasi egasini hibsga oldi. Voqea joyida sakkizta o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda, yong‘in nazoratga olingan.

 

Hozirda qutqaruvchilar vayronalarni tozalashga kirishgan, qurbonlar soni yana ortishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

custom img

Putin ham Xitoydan quruqqoʻl bilan qaytdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin ham Trampdan keyin Xitoyga tashrif buyurdi. Tahlilchilarning fikricha, Putin tashrifi Trampnikidan boshqacha bo‘lgan. Ikki yetakchi uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tgan. Ammo, The Moscow Times nashrining yozishicha, Putin Xitoyda qizil gilamda kutib olgan bo‘lsa-da u ham biror kattaroq natijaga erisha olmagan.

custom img

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirdi — NYT

Nashrga ko‘ra, bu holat saylovlar oldida turgan Netanyaxuga siyosiy zarba berishi mumkin.

custom img

Dunyoda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz takrorlanishi mumkin

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik energiya bozoriga bevosita ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp singlisiga suiqasd rejlashtirgan iroqlik qo‘lga olindi

Iroq fuqarosi bo'lgan Muhammad Bagir Donald Trampning qizi Ivanka Trampga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

AQSh Ebola xavfi tufayli ayrim “green card” egalari uchun mamlakatga kirishni vaqtincha chekladi

Avval bunday cheklovlar yashil karta egalari uchun amal qilmagan.

custom img

AQSh “Grin karta” olish tartibini keskin kuchaytirdi

Fuqarolik va Immigratsiya xizmati yangi qoidalar noqonuniy immigratsiyani kamaytirishga xizmat qilishini bildirdi.

custom img

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Portlash paytida kon hududida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

custom img

Tramp Eron mojarosi sabab o‘g‘lining to‘yida qatnashmaydi

AQSh prezidenti Eron bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun Oq uyda milliy xavfsizlik yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"