Jahon

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

 

1996–2025-yillar davomida dunyo bo‘ylab issiq to‘lqinlari, suv toshqinlari, dovullar va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari oqibatida 900 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Germaniyaning Germanwatch ekologik tashkiloti tomonidan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP31) uchun tayyorlangan Iqlim xavfi indeksida ma’lum qilindi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, inflyatsiya hisobga olingan holda, 30 yil davomida ekstremal ob-havo hodisalari keltirgan iqtisodiy zarar taxminan 4,7 trillion dollarni tashkil etgan. Bu miqdor Germaniyaning hozirgi yalpi ichki mahsulotiga teng.

 

Hisobotda Germaniya eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar orasida 34-o‘rinni egallagan. 1996–2025-yillarda mamlakatda ekstremal ob-havo hodisalari oqibatida 33 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, moddiy zarar esa inflyatsiyaga moslashtirilgan hisobda 133 milliard dollarga yetgan. Bunda bilvosita iqtisodiy yo‘qotishlar hisobga olinmagan.

 

Italiya, Fransiya, Gretsiya va Ispaniya ham eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar qatoridan joy olgan. Bunga takroriy issiq to‘lqinlari va o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lgan.

 

Indeksda eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar qatorida Dominikan Respublikasi, Myanma va Gonduras qayd etilgan. Hisobot mualliflariga ko‘ra, bu davlatlar bir necha bor vayronkor dovullardan aziyat chekkan. Natijada tiklangan infratuzilma qayta-qayta zarar ko‘rgan. Masalan, 2017-yilda «Mariya» dovuli Dominikaga mamlakatning yillik yalpi ichki mahsulotidan ikki baravar ko‘p zarar yetkazgan.

 

Tadqiqot mualliflari global janub mamlakatlarida qurbonlar soni va iqtisodiy yo‘qotishlar ko‘lami rasmiy statistikada aks etganidan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Chunki sanoati rivojlangan mamlakatlarda iqlim ofatlari va ularning oqibatlari ancha batafsil qayd etiladi.

 

Indeksni tuzishda Xalqaro ofatlar ma’lumotlar bazasi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining ijtimoiy-iqtisodiy statistikasidan foydalanilgan. 2026-yil ko‘rsatkichlari esa hisobotga kiritilmagan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Mamlakatning Taiz viloyatida hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda.

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandning Myanma bilan chegaradosh hududida suv manbalarida mishyak miqdori belgilangan me’yordan 25–30 baravar yuqori ekani aniqlandi.

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

12-noyabrdan beri 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchi Toshkentda qolib ketgan.

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Ularning atigi 14 foizi haftaning barcha kunlarida kamida bir soatdan faol harakat qiladi.

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Bu mamlakatning kelgusi yilgi 70 milliard yevrolik moliyaviy ehtiyojining uchdan ikki qismini qoplaydi.

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.