Jahon

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanib, ratifikatsiya qilingach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini va iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Pashinyanning ta’kidlashicha, tinchlik shartnomasining imzolanishi va ratifikatsiya qilinishi institutsional tinchlikni ta’minlashdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shundan keyin u lavozimni tark etishi mumkin.

 

Bosh vazir, shuningdek, Armaniston fuqarolari referendumda yangi Konstitutsiyani rad etgan taqdirda ham iste’foga chiqishga tayyorligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi siyosiy jarayonlar bo‘yicha qaror mamlakat fuqarolariga tegishli.

 

Pashinyan yangi Konstitutsiya qabul qilingach, Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi va ratifikatsiya qilinishiga kafolat borligini aytib, bu boradagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini ta’kidlagan.

 

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi matni 2025-yil 11-avgustda e’lon qilingan. Keyinchalik tomonlar Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida hujjatni paraflagan. Biroq shartnoma hali rasman imzolanmagan.

 

Bokuning talablariga ko‘ra, Armaniston Konstitutsiyasiga Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga da’vo sifatida talqin qilinadigan qoidalarni o‘zgartirish hamda YXHT Minsk guruhini tugatish masalalari hal etilishi kerak.

 

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi kelishuv nafaqat Qorabog‘ masalasini, balki davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish hamda diplomatik aloqalarni o‘rnatishni ham qamrab oladi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Mamlakatning Taiz viloyatida hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda.

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandning Myanma bilan chegaradosh hududida suv manbalarida mishyak miqdori belgilangan me’yordan 25–30 baravar yuqori ekani aniqlandi.

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

12-noyabrdan beri 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchi Toshkentda qolib ketgan.

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Ularning atigi 14 foizi haftaning barcha kunlarida kamida bir soatdan faol harakat qiladi.