O'zbekiston

Talabalar uchun “Taʼlim krediti” platformasi yaratiladi

Bu bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.

Talabalar uchun “Taʼlim krediti” platformasi yaratiladi

“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

 

— oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

 

— oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

 

— oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

 

Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

 

Bunda taʼlim krediti:

 

— OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

 

 

— professional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

 

 

2024/2025 o‘quv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi va YAIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi

Narkotik modda yuk mashinasining maxfiy joyiga va ikkita akkumulyator ichiga yashirilgan.

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi

Xizmatlar kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

Shahrisabzda YTH: 20 yoshli haydovchi vafot etdi

20 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, уo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.