O'zbekiston

Ikki hududda kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Ikki hududda kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Qayd etilishicha, departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “J.Q.” MCHJ rahbari B.Q. 7 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan 200 million so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlangan. 

 

Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sh.N. ismli shaxs (muqaddam sudlangan) fuqaro S.A.ni aldab, uning turmush o‘rtog‘i Y.U.ning nomiga bank filialidan uy-joy sotib olish uchun kredit ajratib berishi evaziga 2,6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, shuningdek, bankning dasturiy ilovasi orqali uning nomiga 31,7 million so‘m onlayn-mikroqarz ajratishga erishib, ushbu mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Telegram’dagi radikal guruh fosh etildi: 13 kishi uning a’zosi bo‘lgan

Guruhda “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi materiallar tarqatilgan.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.