O'zbekiston

Toshkentda 73 marotaba qoida buzgan “Gentra” MIB xatloviga o‘tdi

Haydovchining maʼmuriy jarimadan salkam 40 mln so‘m miqdorida qarzdorligi bo‘lgan.

Toshkentda 73 marotaba qoida buzgan “Gentra” MIB xatloviga o‘tdi

Bildirilishicha, MIBning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlari ijrosi yuzasidan qarzdor fuqaro A.B.dan jami 73 ta maʼmuriy jarimalardan salkam 40 million so‘m miqdorida qarzdorlik undirish belgilangan. 

 

Qarzdor fuqaro ko‘p marta ogohlantirilishiga qarmay, bu summani qoplashdan bo‘yin tovlagan. Joriy yilning 1 aprel kuni Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qarzdor A.B.ga tegishli “Gentra” rusumli avtotransport vositasi qidiruvdan topilib, MIBning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan xatlangan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"