"Barselona" Flik va uning yordamchilarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti
Bunga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo'lmoqda.

"Barselona" yangi murabbiylar shtabini ro‘yxatdan o‘tkazishda qiynalmoqda. Kataloniya klubi ayni vaqtda yangi bosh murabbiy Hansi Flik va uning xodimlarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Sababi — "Barsa"ning moliyaviy muammolari. Klub birinchi navbatda murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pul topishi kerak.
Shuningdek, La Liganing so‘nggi mavsumida "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynagan futbolchilarning hammasi ham keyingi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tmagani ta’kidlangan.







