O'zbekiston

Toshkent aeroportida yo‘lovchi hushidan ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent aeroportida yo‘lovchi hushidan ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida bagaj aravachalari va katta hajmdagi yuklar bilan odamlar to‘planib turgan vaqtda ayol yo‘lovchilardan biri hushidan ketgani aks etgan video tarqaldi.

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, yo‘lovchilarning to‘planib turishi aeroportda yuklarning kechikishi bilan bog‘liq emas. Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-272 reysi Toshkent vaqti bilan soat 19:04 da poytaxt aeroportiga qo‘ngan. Samolyotdan yuklarni tushirish 19:23 da boshlangan. Bagajlar o‘z vaqtida yo‘lovchilarga yetkazilgan. Yo‘lovchilarning to‘planib qolishi bagajlar olingach bojxona nazoratiga o‘tish joyida kuzatilgan.

 

Taʼkidlanishcha, bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan fuqarolarga bir necha bor qonun hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berilganiga qaramay, ko‘p miqdorda yuki bo‘lgan bir necha yo‘lovchilar tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirishdan bosh tortgan.

 

Uchib kelish zalida hushidan ketgan ayolga aeroport tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ayolning hushdan ketishiga uning sog‘lig‘idagi muammolar sabab bo‘lgan.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.