O'zbekiston

Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy yakunlari

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy natijalari qanday? Bu savolga ekspertlar Moskva-Toshkent videoko‘prigi davomida javob berdi.

Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy yakunlari

 

Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Moskva-Toshkent videoko‘prigi formatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Moskvadan — IMEMO RAN Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin va Toshkentdan – O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulevlar ishtirok etdi.

 

Anjumanda ekspertlar quyidagi va boshqa savolllarga javob berishdi: Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy natijalari qanday? Erishilgan asosiy kelishuvlar. Yaqin kelajakda Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi doirasida qanday yangi loyihalar amalga oshiriladi? Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalari va sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar.

 

Rossiya FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori boshlig‘i Stanislav Pritchinning so‘zlariga ko‘ra, tashrif nihoyatda muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi, chunki rasmiy kun tartibidan tashqari, so‘nggi bir necha yildagi eng uzoq davom etgan tashrif bo‘ldi.

 

“Ta’kidlash joizki, bu inauguratsiyadan keyin birinchi davlat tashrifi bo‘ldi. Ya’ni, XXR va Belarusga tashriflar rasmiy xususiyatga ega edi. Davlat protokoliga ko‘ra, davlat tashrifi eng yuqori maqomga ega. Agar aniq natijalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular yetarli darajada sezilarli. Idoralar o‘rtasidagi aniq kelishuvlardan tashqari, iqtisodiy aloqalarimizni rivojlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi bor”, — dedi ekspert.

 

Tovar ayirboshlash hajmini 20 mlrd dollar oraliq natija bilan 30 mlrd dollarga yetkazish belgilandi. Uni to‘ldirish, shu maqsadni amalga oshirish uchun metallurgiya, neft-kimyo, gaz sohasi bo‘yicha turli tijorat loyihalari bo‘yicha bir qator muhim, aniq kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisining o‘rinbosari Bobur Rasulevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib ma’lum natijalarga erishildi. Bu 9,9 mlrd dollarni tashkil etadi.

 

“Shundan 3,3 milliardi O‘zbekistonning Rossiyaga eksportidir. 6 mlrd esa tovarlarni import qilganimiz ulushi. Imkoniyatlar juda katta, chunki bizda ham iqlim sharoitidan tortib aholi sonigacha katta farq bor”, — dedi u.

 

Bundan esa bu o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘lishi uchun ikki davlat foydasiga foydalanish mumkin.

 

“Shu bois Vladimir Vladimirovich Putin mamlakatimizga birinchi marta kelishi emas va hurmatli prezidentimiz tomonidan juda iliq kutib olindi. Ular bu raqamlarni yuqori darajaga olib chiqish uchun muayyan kelishuvlarga erishdilar. Hurmatli prezidentlar uchrashganda Vladimir Vladimirovich qishloq xo‘jaligi vazirimiz yonidan o‘tayotib, bizning mevalarimiz juda mazaligini aytdi. Bu shuni anglatadiki, deyarli butun Rossiya bizning mevalarimizni iste’mol qiladi va biz, albatta, bu mahsulotlarni yetkazib berishdan mamnunmiz”, — dedi Rasulev.

 

"O‘ylaymanki, hozir dunyoda barcha mamlakatlar, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyoti qayta shakllanayotganini hisobga olsak, bu juda katta samaralar beradi. Shu bois biz nafaqat eksport va import qilib, balki qo‘shma hamkorlik loyihalarini ham yaratib, mavjud barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak", - deb qo‘shimcha qildi rais o‘rinbosari.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.