O'zbekiston

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan

 

  • jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

 

  • jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi; 

 

  • jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi; 

 

  • tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi; 

 

  • tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"