O'zbekiston

Italiya parlamentida mushtlashuv bo‘ldi

Oqibatda bir nafar deputat jarohatlangan.

Italiya parlamentida mushtlashuv bo‘ldi

Italiya parlamentida mintaqaviy muxtoriyat to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi payti katta mushtlashuv bo‘ldi. Deputatlardan biri jarohatlanib, tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, deputat Leonardo Donno edi yig‘ilish vaqtida minbarni tark etib, Italiya bayrog‘ini avtonom ishlar vaziri Roberto Kalderoli qo‘liga topshirmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng deputatlar palatasi raisi Lorenzo Fontana Donnoni zaldan olib chiqib ketishlarini talab qildi. Bunga javoban hukmron partiya deputatlari Donnoni o‘rab olishdi va natijada janjal katta mushtlashuvga aylanib ketdi.

 

Mojaro payti Donno yuzidan jarohat olib, yiqilib tushgan. Uni hukmron Liga partiyasidan deputat Igor Lezzi urgan. Shundan so‘ng Donno shifoxonaga yuborilgan.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"